Jahon | 19:18 / 04.03.2020
5108
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada maktab va universitetlar vaqtinchalik yopildi

Italiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 2502ta holat qayd etilgan, 79 kishi vafot etgan.

Foto: Getty Images

Italiya vazirlar kengashi koronavirus tarqalishi avj olgani sababli mamlakat hududidagi maktab va universitetlarni vaqtinchalik yopishga qaror qildi. Bu haqda Rainews24 telekanali xabar berdi.

Ushbu chora qachondan joriy etilishi xabar qilinmagan. Avvalroq ayrim nashrlar hukumat maktablarni payshanba kunidan yoki 9 mart dushanba kunidan yopish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini yozgandi.

Xabarlarda qayd etilishicha, maktab va oliy ta'lim muassasalari mart o‘rtalariga qadar yopiq bo‘ladi.

Italiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 2502ta holat qayd etilgan, 79 kishi vafot etgan. Bu haqda fuqaro mudofaasi xizmati rahbari Anjyelo Borrelli ma'lum qildi.

JSSTning ma'lumotiga ko‘ra, koronavirus Xitoydan tashqari 72 mamlakatda qayd etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid