Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda Ro‘zi Choriyev nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi
Termiz shahrida Ro‘zi Choriyev nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Termiz shahrida Ro‘zi Choriyev nomidagi ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Termiz shahrida Ro‘zi Choriyev nomidagi ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Belgilab qo‘yilishicha:
Ijod maktabi Agentlik tasarrufidagi davlat umumta'lim muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmasida shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi;
2020-2021 o‘quv yilida Ijod maktabining tasviriy san'at, kompyuter grafikasi va dizayn yo‘nalishlarining 7-8-9-10-sinflariga, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 7-sinfga 40 nafar o‘quvchi tanlov asosida qabul qilinadi;
Agentlikka Ijod maktabining moddiy-texnik bazasi, imkoniyatlari, pedagog kadrlarning salohiyati va mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda, keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda:
Ijod maktabi uchun Termiz shahrida 200 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona, 100 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona qurilishi uchun yer maydonini ajratish choralarini ko‘radi;
Ijod maktabining qurilish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini, jihozlarning texnik parametrlarini qo‘llagan holda ishlab chiqilishini va vakolatli ekspertiza organlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta'minlaydi;
2020 yil 1 sentyabrga qadar Ijod maktabi binolarini foydalanishga topshirish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 2020 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga 200 o‘rinli ijod maktabi binosi va uning 200 o‘rinli yotoqxona, 100 o‘rinli oshxona binosini qurilish hamda jihozlash ishlarini qo‘shimcha ravishda kiritilishini ta'minlaydi.
Ijod maktabining bino va inshootlarini qurish bo‘yicha:
Surxondaryo viloyati hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilanadi;
bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilot belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
asoslangan hisob-kitoblar va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga qo‘shimcha ravishda kiritiladigan Ijod maktabining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda 200 o‘rinli o‘quv binosini, 200 o‘rinli yotoqxona hamda 100 o‘rinli oshxona binosini qurish ishlarini boshlash uchun respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish choralarini ko‘radi;
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida «Ta'lim» sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida Ijod maktabining ta'minoti uchun zarur mablag‘larni nazarda tutadi.
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Ijod maktabiga 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta'lim muassasalarining tasviriy san'at, kompyuter grafikasi va dizayn yo‘nalishlarini tamomlagan iqtidorli pedagog-kadrlarni jalb etishni ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida, kompyuter grafikasi va dizayn yo‘nalishiga matematika fanlaridan test sinovlarini o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi tasviriy san'at yo‘nalishiga ijodiy imtihonlarni tashkil etish va iqtidorli, ijodkor o‘quvchilarni saralab olish sinovlarini tashkil etish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
17:03 / 23.05.2026
Termizda quruvchiga 217 tup daraxtni kesib tashlashda yordamlashgan sobiq mansabdor jazoga tortildi
08:34 / 16.04.2026
Surxondaryoda mansabdorning pul talab qilish rejasi fosh etildi
14:30 / 18.03.2026