Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Amilee bahora» xususiy bandlik agentligi litsenziyasi bekor qilindi
2020 yilning 4 mart kunidan «Amilee bahora» xususiy bandlik agentligiga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.
«Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda belgilangan talablarga binoan, «Amilee bahora» MChJ litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi», deyiladi vazirlik xabarida.
2019 yil dekabrida Kun.uz saytida bosh ofisi Samarqand shahrida joylashgan «Amilee bahora» xususiy bandlik agentligi faoliyatidan norozi bo‘lgan fuqarolar shikoyati asosida surishtiruv e'lon qilingandi.
Materialda, fuqarolar xorijda ishlash uchun ushbu agentlikka 25-30 mln so‘mga qadar pul to‘lagani, xorijda na va'da qilingan ishga, na maoshga ega bo‘la olmagan ko‘pchilikni tashkil etayotgani haqida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026