O‘zbekiston va AQSh harbiylari qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishdi
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va respublikaning boshqa xavfsizlik kuchlari AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi bilan inqirozlarga javob berish bo‘yicha “Yengilmas soqchi – 2020” nomli qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma'lum qildi.
24 fevraldan 2 martgacha o‘tgan mashg‘ulotlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro harakatlanishni yaxshilash maqsadida O‘zbekistonning harbiy-o‘quv poligonlari, jumladan Jizzax viloyatidagi “Forish” tog‘ poligoni va boshqa ruxsat berilgan obektlarda o‘tkazilgan. Ba'zi amerikalik harbiylar mashg‘ulotlarda AQSh harbiy-havo kuchlarining Tampa shahridagi “MakDill” bazasidan turib masofadan ishtirok etishgan.
Mashg‘ulotlarning o‘tkazilishi ikki davlat xavfsizlik xizmatlariga notanish muammolarga to‘qnash kelganda tezkorlikni oshirishga va qurolli kuchlariga o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga imkon berdi.
“Bizning O‘zbekiston bilan harbiy hamkorligimiz o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlarga asoslangan. Javob berish bo‘yicha o‘quv dasturlari va birgalikdagi mashg‘ulotlar, misol uchun, “Yengilmas soqchi” O‘zbekiston bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorligimiz chuqur va keng ekanligini ko‘rsatadi”, deb aytgan AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum.
Ta'kidlab o‘tish joiz, amerikalik harbiylar AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi javobgarligi hududida har yili hamkor davlatlar bilan 80dan ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazishadi.
Mavzuga oid
21:09 / 04.10.2024
AQShning davlat qarzi ilk bor 35 trln dollardan oshdi
11:00 / 04.10.2024
AQShda ColdRiver hakerlarining 100 dan ortiq domeni bloklandi
08:20 / 04.10.2024
AQSh va Isroil TsAHALning Erondagi ehtimoliy nishonlarini muhokama qilmoqda
16:57 / 03.10.2024