Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo va Farg‘onada PPXga yangi boshliqlar tayinlandi
Surxondaryo viloyati va Farg‘ona viloyatida Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
Xususan, podpolkovnik Shuhrat Jovliyevich Sattorov Surxondaryo viloyati IIB, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Sattorov, Surxondaryo viloyati IIB, Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Ilhom Vahobovich Soipov Surxondaryo viloyati IIB, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar I.Soipov, Surxondaryo viloyati IIB, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - yo‘l-patrul xizmati otryadi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Ilhom Abdumutalifovich Ergashev Farg‘ona viloyati IIB, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar I.Ergashev, Farg‘ona viloyati IIB, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan oldin, IIV tizimida 11ta lavozim tayinlovi amalga oshirilgandi.
Mavzuga oid
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
16:15 / 23.05.2026