Içki işlar vazirining 29 fevraldagi şaxsiy tarkib böyiça buyruği bilan 11ta lavozim tayinlovi amalga oşirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, mayor Bahodirjon Vahobjonoviç Nurmatov Andijon viloyati, Oltinköl tumani içki işlar bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar B.Nurmatov Xöjaobod tumani içki işlar bölimi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Jamşid Payzullayeviç Rasulov Buxoro viloyati, Qoraköl tumani içki işlar bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar J.Rasulov Buxoro şahar böyiça içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Ötkir Karimoviç Badalov Buxoro tumani içki işlar bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar O‘.Badalov Navoiy viloyati içki işlar boşqarmasi boşliğining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sobitxon Sobiroviç Abdurayimov Namangan viloyati, Çortoq tumani içki işlar bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar S.Abdurayimov Namangan tumani içki işlar bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.



















