Samarqandda giyohvandlik vositalari sotuvchilari ushlandi
Tadbir davomida Samarqand shahrida fuqaro “marixuana” giyohvandlik vositasini 200 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan
2020 yilning 29 fevral kuni soat taxminan 13:00da Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan maxsus tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Tadbir davomida Samarqand shahri “Go‘ro‘g‘li” ko‘chasida 50 yoshli M.A. 34,4 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 200 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Aniqlanishicha, M.A. taxminan 60 gramm giyohvandlik vositasini tanishi 54 yoshli D.M.dan keyinchalik 200 AQSh dollariga sotib berishni aytib olgan va shu vositalardan 34,4 grammini sotishni ko‘zlagan.
Shu kunning o‘zida, M.A. yordamida IIO xodimlari tomonidan D.M. ushlangan va undan tadbirga jalb qilingan 200 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.A. va D.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan (giyohvandlik vositasini ko‘p miqdorda o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024