Foto: Toshkentda havo shari uchirildi
Bugun, 8 mart kuni, Toshkent shahri markazidagi Amir Temur xiyobonida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan havo shari uchirildi.
35 metr balandlikka ega bo‘lgan ushbu havo shari 500 kilogrammgacha yukni ko‘tarish imkoniyatiga ega.
Havo shari 100 metr balandlikkacha ko‘tarildi. Qo‘mita mutasaddisi Tohir Soliyevning ma'lum qilishicha, havo sharini uchirishdan maqsad poytaxtga ko‘proq sayyohlarni jalb etish va ularga qo‘shimcha qulayliklarni yaratishdir.
Qo‘shimcha qilinishicha, joriy yilning mart-aprel oylarida Qarshi, Buxoro va Xiva shaharlarida ham 20ga yaqin havo sharlari havoga ko‘tariladi. Sayyohlar diqqatga sazovor joylarni yuqoridan tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Kun.uz muxbiri Amir Temur xiyobonida havo sharini uchirish jarayonidan fotoreportaj tayyorladi.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024