Jahon | 21:23 / 08.03.2020
6250
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokengash va Yevrokomissiya rahbarlari Erdo‘g‘an bilan uchrashadi

Bryusselda migratsiya, xavfsizlik va Suriyadagi inqiroz masalalarini muhokama qilinadi.

Foto: Getty Images

Yevrokengash va Yevrokomissiya rahbarlari Sharl Mishel va Ursula fon der Lyayyen Bryusselda Turkiya prezidenti bilan uchrashadi hamda migratsiya, xavfsizlik va Suriyadagi inqiroz masalalarini muhokama qiladi.

"Yevrokengash raisi va Yevrokomissiya raisi dushanba kuni Bryusselda mintaqadagi migratsiya, xavfsizlik, barqarorlik va Suriyadagi inqiroz masalalarini muhokama qilish uchun Turkiya prezidenti bilan uchrashadi", - deyiladi Yevrokengash matbuot kotibining Twitter sahifasida.

O‘tgan haftada Turkiya migrantlarning yangi to‘lqinini tutib tura olmasligini bildirib, qochqinlar uchun YeI bilan chegaralarini ochib yuborganini ma'lum qildi. Shundan so‘ng minglab migrantlar Yevropaga o‘tish ilinjida Gretsiya chegarasiga yopirildi. 

5 mart kuni Moskvada Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muzokara o‘tkazishdi. 6 soatdan ortiq vaqt davom etgan uchrashuvlar yakunida Suriyadagi vaziyat bo‘yicha memorandum imzolandi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid