Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada yosh bokschilar jamoasi avtohalokatga uchradi
Meksika shimolida yosh bokschilarni olib ketayotgan avtobus avtohalokatga uchradi. Oqibatda 6 kishi, jumladan 5 yosh bokschi va ularning murabbiyi voqea joyida halok bo‘lgan.
Shuningdek, 25 kishi jarohat olgan. Ular yaqin oradagi shaharlar shifoxonalariga yetkazilgan. Bu haqda Televisa nashri xabar berdi.
Voqea 8 mart soat 2.20da Benjamin Xill munitsipal markazi yaqinidagi shosseda yuz bergan.
13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bokschilarni olib ketayotgan avtobus musobaqalardan keyin Syudad-Obregondan Puerto-Penyasko tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan.
Huquq-tartibot idoralari fojia sababini tergov qilishni boshlashgan. Dastlabki taxminga ko‘ra, haydovchi avtobus boshqaruvini qo‘ldan chiqargan. Buning natijasida u yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan.
Mavzuga oid
18:17
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026