Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Siyob kanaliga tushib ketgan 3 yoshli bola qidirilmoqda
Kecha, 8 mart kuni Samarqand shahridagi Siyob kanaliga tushib ketgan 3 yoshli Behruz Baxtiyorov qidirilmoqda. Bu haqda bolaning otasi va yaqinlari Kun.uz’ga xabar qilishdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 8 mart kuni soat taxminan 10:40larda 3 yoshli Behruz voyaga yetmagan yaqin qarindoshlari bilan kanal yoqasida o‘ynab, suvga tushib ketgan. Voqeadan xabar topgan yaqinlari tezda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan.
Bolaning otasi Bobur To‘xtayevga ko‘ra, 8 mart kuni ikki nafar, 9 mart kuni 18:40gacha uch nafar g‘avvos suvdan bolani izlagan, ammo topolmagan.

Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, qidiruv ishlari davom etmoqda.
«Kanalda chiqindilarning haddan tashqari ko‘pligi qidiruv ishlarini qiyinlashtirmoqda», deydi boshqarma vakili.
Farzandini yo‘qotib, azob chekayotgan Behruzning otasi o‘g‘lini topish uchun nafaqat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan, balki hamma samarqandliklardan najot kutyapti.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026