Sport | 18:13 / 10.03.2020
2897
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha ommaviy tadbirlarni taqiqladi. Yevropa Ligasi finali o‘tkaziladimi?

Polshada koronavirus tufayli ommaviy tadbirlar taqiqlandi. Ammo UYeFA Yevropa Ligasi finalini o‘tkazishga qattiq bel bog‘lagan. 

Foto: AFP

Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 27 may kuni Gdansk shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan o‘yinga hech narsa xavf solmayapti. Barcha ishlar qattiq nazorat ostiga olingan.

«Biz koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqdamiz va Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, shuningdek mahalliy hukumat bilan doimiy aloqadamiz», - deyiladi UYeFA xabarida.

Avvalroq Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining bir qancha o‘yinlari muxlislarsiz o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid