Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning birinchi o‘rinbosari o‘zgardi.
Foto: Sanoat-qurilish bank
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 10 martdagi qarori bilan Aziz Botirovich Voitov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Aziz Voitov shu kungacha «Sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. Ayni vaqtda bank rahbarligiga «Milliybank» boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Saxi Annaklichev tayinlangan.
U yangi lavozimida Alisher Habibullayevich Abdualiyev o‘rnini egalladi.
Muqaddam O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi bo‘lgan (2012-2019), keyinroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2019 yil mayidan buyon Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Alisher Abdualiyevning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.
- Eslatib o‘tamiz, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov 10 mart kuni Qonunchilik palatasida Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy munosabatlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ma'qullangandi.