Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda fuqaroni 138 mln so‘mlik sementga «uxlatishdi»
Buxoroda fuqaroni 138 560 000 so‘mlik sement mahsulotiga “uxlatgan” shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Illyustrativ foto
2020 yilning 9 mart kuni 59 yoshli N.K. Buxoro shahar IIO FMBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U o‘z murojaatida, 2018 yil sentabr oyida Xorazm viloyatida yashovchi, 53 yoshli D.O. undan umumiy qiymati 138 560 000 so‘mlik sement mahsulotini sotib, pulini olib kelib berish sharti bilan olib ketib, sement mahsulotlarini sotib yuborib, pullarini o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
N.K. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:28
2025 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etildi
11:51 / 16.01.2026
Buxoroda reyd: noqonuniy ov va ilon bilan “sirk” tomoshasi aniqlandi
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
12:05 / 10.01.2026