Jahon | 22:39 / 13.03.2020
9570
1 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Oy va Mars suratlarini adashtirib yubordi

Amerikalik milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoqda Marsni zabt etish lozimligini yozib, xabariga adashib Oy suratini ilova qildi.

Foto: Global Look Press/Jörg Carstensen

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus epidemiyasini pandemiya deb e'lon qilgandan keyin Mask tvitterda Qizil sayyorani zabt etish vaqti kelganini yozgan. Biroq tadbirkor o‘z tvitiga qizil tusdagi Oy suratini ilova qilgan.

Maskning bu xatosini amerikalik astrofizik Nil Degrass Tayson aniqlagan. U Mask ilova qilgan suratda to‘liq tutilish vaqtidagi Oy tasvirlanganini ma'lum qilgan.

Biroq Tayson Oyning zabt etilishiga ham qarshiligi yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.

“Mehmonxonalar, kurortlar. Ajib taomlar. Biroq men uchun restoranlarda atmosferaning bo‘lmasligi jiddiy kamchilik bo‘ladi”, deb yozgan olim.

Shundan keyin Mask birinchi xabaridan keyin yana bitta tvit qoldirib, unda “Oyni ham”, deb yozib qo‘ygan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid