Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganch va Yangibozor tumanlarida IIB boshlig‘i o‘zgardi
Ichki ishlar vazirining 11 martdagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Navro‘z Baxtiyorovich Xudoybergenov Xorazm viloyati Urganch tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar N.Xudoybergenov Xorazm viloyati Yangibozor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Azamat Yangiboyevich Masharipov Xorazm viloyati Yangibozor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
Tayinlovga qadar A.Masharipov Xorazm viloyati Gurlan tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan oldin, IIV tizimida 6ta lavozim tayinlovi amalga oshirilgandi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
08:47 / 01.06.2026
Rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sun’iy intellekt orqali baholanishi mumkin
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026