Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ish beruvchilar qator imtiyozlarga ega bo‘ladi
Ilk marotaba ish o‘rinlarini yaratish va bandlikni ta'minlash borasidagi faoliyati uchun ish beruvchini rag‘batlantirish aniq belgilab berilmoqda
Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida bir qator muhim qonun loyihalarini takomillashtirish yuzasidan muhokamalar o‘tkazilmoqda, deyiladi parlament saytida.
Qayd etilishicha, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlanayotgan yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ham shular jumlasidan.
Ishchi guruhi yig‘ilishlari davomida qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalarining vakillari, qo‘mita a'zolari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xodimlari va tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida yuqori talabchanlik ruhida qizg‘in muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida amaldagi qonunda mavjud bo‘lmagan bir qator yangi qoidalar kiritildi. Ilk marotaba ish o‘rinlarini yaratish va bandlikni ta'minlash borasidagi faoliyati uchun ish beruvchini rag‘batlantirish, aholining ish bilan bandligi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, jumladan, subsidiyalar, grantlar va imtiyozli kreditlarning ajratilishi, ish beruvchilarning aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishdagi ishtiroki aniq belgilab berilmoqda.
Xodimning mehnat xavfsizligini ta'minlashni nazarda tutgan yangi qoida sifatida kiritilayotgan autstaffing agentliklari to‘g‘risidagi norma deputatlar tomonidan chuqur muhokama etildi. Ushbu norma deputatlar va mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar ya'ni, norasmiy ishsizlarni kamaytirish uchun yangi mexanizmni joriy qilish nuqtai-nazaridan kelib chiqib qonun loyihasida qoldirildi.
Shuningdek, shahar va tumanlardagi bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini kengaytirishga va mas'uliyatini kuchaytirishga qaratilgan bir qator moddalar kiritildi. Mehnat organlari tomonidan ishsiz va band bo‘lmagan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari kengaytirildi, shuningdek, ishsiz deb e'tirof etish, ishsizlik davrida ijtimoiy kafolatlar va kompensatsiya berish tartiblari qayta ko‘rib chiqildi va soddalashtirildi. Band bo‘lmagan aholini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish, faol ish qidirayotgan ishsizlarga nafaqa tayinlash va to‘lash shartlari batafsil, havolaki normalarsiz bayon etildi.
Qonun loyihasida ish beruvchilarning mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etib bormasligi yuzasidan tegishli javobgarlik belgilanmoqda.
Ishchi guruhi yig‘ilishlari davomida qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida deputatlar muhokamasiga kiritishga qaror qilindi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026