Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Fransiya, Avstriya va Shveytsariya bilan chegaralarni yopadi
Germaniya 16 martdan Fransiya, Avstriya va Shveytsariya bilan chegaralarni yopadi. Bunga nafaqat koronavirus tarqalishini to‘xtatish, balki xorijliklar tomonidan Germaniyada oziq-ovqat mahsulotlari va birinchi ehtiyojdagi buyumlarning ommaviy ravishda sotib olinishi oldini olish sabab hisoblanadi.
Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bild nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu qaror Germaniya kansleri Angela Merkel, ichki ishlar vaziri Xorst Zeyexofer, Bavariya, Balen-Vyurtemberg va Saar yeri bosh vazirlari o‘rtasidagi telefon suhbati natijasiga ko‘ra qabul qilingan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu qaror 16 mart soat 8dan kuchga kiradi. Chegarani kesib o‘tishga faqat yuk transporti va bir davlatda yashab, ikkinchi davlatda ishlaydiganlarga ruxsat beriladi.
Ma'lum qilinishicha, chegaralarda do‘konlarning “ishg‘ol qilinishi” bilan bog‘liq holda kelib chiqqan sarosima mahsulotlar yetkazib berishda muammolarga olib kelgan.
Avvalroq Merkel mutaxassislar ma'lumotlariga tayanib koronavirusga qarshi emlash va tegishli davolash bo‘lmasa, Germaniya aholisining 60-70 foizi virusga chalinishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026