O‘zbekiston | 11:40 / 16.03.2020
2605
3 daqiqa o‘qiladi

«Termiz» EIZ faoliyati takomillashtiriladi - Hukumat qarori

“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Surxondaryo viloyati hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:

Termiz erkin iqtisodiy zonasini “Termiz kargo” markazi joylashgan hududdagi 80,6 gektar yer maydonida tashkil etish;

“Termiz erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” mas'uliyati cheklangan jamiyatini “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Quyidagilar:

“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi hududlarning chegaralari;

“Termiz erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi;

“Termiz erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining ustavi tasdiqlandi.

Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:

Termiz EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash;

Termiz EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta'minlash;

Surxondaryo viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma'muriy kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan “Termiz” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;

investorlar bilan investitsiyalar kiritish to‘g‘risida bitimlar tuzish;

“Termiz” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni topish va ular bilan ishlash;

belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini tizimli nazorat qilish, keyinchalik natijalarni Ma'muriy kengashga taqdim etish;

“Termiz” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifoda etish orqali xizmatlar ko‘rsatish;

“Termiz” EIZ hududida infratuzilma obektlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

“Termiz” EIZ hududidagi yer maydonlarini va ko‘chmas mulk obektlarini boshqarish.

Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan:

Direksiyaga kelgusi yillarda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish sharti bilan 2020-2021 yillar davrida saqlash xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha zarur mablag‘lar ajratilishini;

Direksiyaning ustav fondini shakllantirishga 1,0 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishini ta'minlaydi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda kelgusi yillar uchun Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ularga “Termiz” EIZning muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha loyihalar belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid