O‘zbekiston | 16:35 / 17.03.2020
34866
1 daqiqa o‘qiladi

Karantin davrida tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha ish haqi to‘lanadi

O‘zbekistonda koronavirus holatining qayd etilishi tufayli e'lon qilingan karantin davrida epidemiyaga qarshi ishlarga jalb qilinayotgan tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha ish haqi ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqida Davlat sanitariya-epidemiologiya agentligi bosh vrachi Bahrom Almatov ma'lum qildi.

«Karantin davrida bemorlarni davolashga, bemorlar bilan muloqotga jalb qilingan mutaxassislarning oylik maoshi miqdorini oshirish masalasi ko‘rilyapti. Buning uchun maxsus fonddan mablag‘lar ajratilishi mumkin. Bu masala yaqin orada hal bo‘lsa kerak», dedi Bahrom Almatov jonli efirda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat inspeksiyasi rahbari Nurmat Atabekovning aytishicha, koronavirusga qarshi kurashda ko‘ngillilar (volontyorlar) yordamiga ehtiyoj paydo bo‘lgani yo‘q.

«Respublikada 75 ming nafar oliy ma'lumotli shifokor, 400 ming o‘rta ma'lumotli tibbiyot xodimi mavjud. Shu bois koronavirusga qarshi kurashda mutaxassis kuchlari yetarli. O‘zbekistonda bu virus epidemiya shaklida tarqalgani yo‘q. Virus aniqlangan shaxslar lokalizatsiya qilingan. Shuning uchun O‘zbekistonda bu borada volonterlar yordamiga ehtiyoj yo‘q», deydi Nurmat Atabekov.

Саодат Абдураҳмонова
Tayyorlagan Саодат Абдураҳмонова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid