Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nur-Sulton va Olmaota shaharlari karantin uchun yopiladi
Ayni vaqtga kelib respublikada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 32ta holat aniqlangan bo‘lib, 17tasi Nur-Sultonda , 15tasi Olmaotada qayd etilgan.
Qozog‘iston prezidenti huzuridagi favqulodda holat rejimini ta'minlash bo‘yicha davlat komissiyasi Nur-Sulton va Olmaota shaharlarida 19 martdan karantin rejimini joriy etdi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 19 martdan kiritiladigan choralarda karantin joriy etilishi va keng miqyosdagi sanitar-epidemiologik tadbirlar o‘tkazilishi, karantin hududi o‘rnatilishi va undan chiqish/kirish punktlari belgilanishi, odamlarning harakatlanishini cheklash ko‘zda tutilgan.
Qozog‘istonda dushanbadan boshlab aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida favqulodda holat rejimi joriy etildi. Ayni vaqtga kelib respublikada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 32ta holat aniqlangan bo‘lib, 17tasi Nur-Sultonda , 15tasi Olmaotada qayd etilgan.
Avvalroq Olmaota shahrida koronavirus epidemiyasi bo‘yicha vaziyat yaxshi bo‘lmagan davlatlardan kelgan 488 kishi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) va politsiya tomonidan qidirilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025