Qozoğistonning Olmaota şahrida koronavirus epidemiyasi böyiça vaziyat yaxşi bölmagan davlatlardan kelgan 488 kişi Milliy xavfsizlik qömitasi (MXQ) va politsiya tomonidan qidirilmoqda.
“24 fevraldan 13 martgaça Olmaotaga koronavirus böyiça vaziyat yaxşi bölmagan davlatlardan 11340 kişi kelgan. 10852 kişi, ya'ni kelganlarning 95,7 foizi topilib, şifokorlar nazorati ostiga olingan. Topilmagan qolgan şaxslarning ma'lumotlari migratsiya xizmati, politsiya va MXQga berilgan”, deb aytgan jamoat salomatligi boşqarmasi boşliği Tleuxan Abildayev.
Qidirilayotganlarning barçasi koronavirusga çalinganlar yoki uni yuqtirganlikka şubha qilinganlar bilan aloqada bölganini anglatmaydi.
Ta'kidlanişiça, mahalliy hokimiyat Olmaotaga 9 mart kuni koronavirusga çalingan kişi bilan birga uçib kelgan 24 kişini ham qidirmoqda.
“9 mart kuni Frankfurtdan uçib kelgan kasallangan kişi bilan birga samolyotda 68 kişi bölgan. Biz ulardan 4 nafari boşqa davlatlarga uçib ketganini aniqlaganmiz, 40 nafari topilgan. Ulardan 11 nafari şifoxonaga joylaştirilgan, yana 24 kişi qidirilmoqda. Ertagaça ularning barçasini topamiz”, deb ta'kidlab ötgan Abildayev.


















