Jamiyat | 17:55 / 17.03.2020
21653
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent prokuraturasi xodimi YTH sodir etgani aytilmoqda

Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, 17 mart kuni yarim tunda Muqimiy ko‘chasida Lacetti ishtirokidagi YTHni prokuratura xodimi sodir etgan. Ushbu ma'lumotni Bosh prokuratura tasdiqladi

Foto: IIBB

Kun.uz’ga ma'lum qilishlaricha, Uchtepa tumani prokuraturasi katta tergovchisi  YTH sodir etgan. Ammo, bu xabarni shahar IIBB va prokuraturasi tasdiqlagani yo‘q. Biroq, Toshkent shahar IIBB veb sahifasida ushbu xabarga doir quyidagi axborot joylangan. 

«17 mart kuni taxminan soat 03.00da Muqimiy ko‘chasidagi «Credit Asia» do‘koni yaqinida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. 27 yoshli Javohir Ya. «Lacetti» (davlat raqami 01 X XX1 CA) rusumli avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, temir to‘siqqa to‘qnashgan. Ta'kidlash joizki, hodisa joyida haydovchida avtomobil boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar topilmadi.

YTH natijasida “Lasetti” haydovchisi tan shikastlari bilan tibbiyot muassasasiga yetkazildi. Hodisa tufayli boshqa jabrlanuvchilar bo‘lmadi. YTH sababiga aniqlik kiritilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Tungi vaqtda bo‘sh yo‘llar yo‘l harakati qoidalarini buzish mumkin bo‘lgan joydek tuyulishi mumkin, ammo bunday emas. Qonunchilik talablarini hurmat qiling – ular sog‘liq va hayotni asraydi!», deyiladi xabarda. 

Kun.uz ixtiyoridagi ma'lumotga ko‘ra, ushbu YTHni sodir etgan shaxs Uchtepa tuman prokuraturasi katta tergovchisi (ikkinchi mustaqil manba tasdiqladi) Javohir Yaxshiboyev avtomobilni boshqargan va YTHga uchragan. Hozirda, unga Respublika tez tibbiy yordam klinikasida yordam ko‘rsatilayotgani, biroq ahvoli og‘ir ekani ta'kidlanmoqda. 
 

Mavzuga oid