O‘zbekiston | 11:29 / 18.03.2020
40226
2 daqiqa o‘qiladi

Jarimani ixtiyoriy to‘lagan huquqbuzar 30 foiz imtiyozga ega bo‘ladi

Huquqbuzar o‘n besh kun ichida jarimaning yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa u jarimaning qolgan qismini to‘lamaydi.

Foto: KUN.UZ

Shu yilning 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi, jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini belgilovchi 332-1-modda bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Biroq, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;

jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmaydi.

Qonun rasman e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Дилшод Абдуқодиров
Tayyorlagan Дилшод Абдуқодиров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid