Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Professional ta'lim to‘g‘risidagi diplomlarning davlat namunalari tasdiqlanadi
Professional ta'lim to‘g‘risidagi diplomlarning davlat namunalarini tasdiqlash rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Professional ta'lim to‘g‘risidagi diplomlarning davlat namunalarini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta'lim to‘g‘risidagi diplomlarning davlat namunalari va tavsifi;
Professional ta'lim diplomlari ilovasining davlat namunasi;
Professional ta'lim muassasalarida qo‘shimcha kvalifikatsiyalarni egallash bo‘yicha sertifikatning davlat namunasi va tavsifi;
Professional ta'lim muassasalarida beriladigan akademik ma'lumotnomaning davlat namunasi tasdiqlanadi.
Markaziy bank huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi professional ta'lim to‘g‘risidagi diplomlar, ularning ilovalari va sertifikat blankalarini Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi buyurtmasi asosida muhofazalangan maxsus qog‘ozlarda shartnoma asosida tayyorlab berilishini ta'minlaydi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan professional ta'lim to‘g‘risidagi diplomlar hamda sertifikat blankalariga individual QR-kod qo‘yish tizimi hamda uning dasturiy ta'minoti ishlab chiqilishini ta'minlaydi.
Belgilab qo‘yilishicha:
professional ta'lim to‘g‘risidagi diplomlar va ularning ilovasi, sertifikat blankalarini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish aniq hisob-kitoblarga asosan 2020 yilda respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2021 yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
professional ta'lim to‘g‘risidagi diplomlar va ularning ilovalari, sertifikat blankalari (dublikat berish holatlari bundan mustasno) kompyuterda to‘ldiriladi va professional ta'lim muassasalari bitiruvchilariga bepul tarqatiladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta'limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish institutida qo‘shimcha 3 shtat birligidan iborat (1 nafar bo‘lim boshlig‘i hamda 2 nafar bosh mutaxassis) O‘quv adabiyotlari va me'yoriy hujjatlarni nashr etish bo‘limi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026