Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston hukumati “Tolibon”ga qarshi amaliyotlarni qayta boshladi
Afg‘oniston hukumati “Tolibon” tomonidan yuqori darajada zo‘ravonlik saqlanib qolinayotgani tufayli 19 mart kuni unga qarshi jangovar harakatlarni qayta boshlashga ko‘rsatma berdi.
Bu haqda mudofaa vazirligiga tayanib 1TV telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, hukumat “Tolibon”ga qarshi amaliyotlarni 29 fevralda AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik sulhi imzolangandan keyin zo‘ravonlik darajasi pasaya boshlanishi bilanoq to‘xtatgandi.
Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Asadulla Holid armiyaga mudofaadan “faol” mudofaaga o‘tishni buyurgan. U endi qo‘shinlar armiya qismlariga hujumlar sodir etuvchi jangarilarga qarshi amaliyotlar o‘tkaza olishini ma'lum qilgan.
Holidning ta'kidlashicha, jangovar amaliyotlarni qayta boshlash qarori “Tolibon” tomonidan yuqori darajada zo‘ravonlik saqlanib qolinayotgani sababli qabul qilingan.
Mavzuga oid
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:06 / 03.06.2026