Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank of America AQShda iqtisodiy inqiroz boshlanganini e'lon qildi
Koronavirus epidemiyasi hamda neft narxlarining tushib ketishi jahon fond bozorlarining qulashiga sabab bo‘ldi.
Foto: Getty Images
Amerikaning yirik investitsion banklaridan biri Bank of America (BofA) AQShda to‘liq miqyosdagi iqtisodiy inqiroz boshlanganini e'lon qildi. Bu haqda bankning yetakchi tahlilchisi Mishel Meyyerga tayanib CNBC xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika iqtisodiyoti retsessiyadan qochib qutula olmaydi, muammolarning asosiy sababi esa koronavirus tarqalishidir.
«Biz Amerika iqtisodiyoti dunyoning qolgan qismiga qo‘shilib retsessiyaga tushganligini rasman e'lon qilamiz va bu juda chuqur sho‘ng‘ish», — deb yozadi tahlilchi.
Meyyerning prognoziga ko‘ra, AQShga ishsizlikning o‘sishi xavf solmoqda, iste'molchilar ishonchi yo‘qoldi, jamg‘armalar esa yo‘q bo‘ldi.
BofA mehnat bozori istiqbollarini baholagan holda ana shunday prognoz qildi. Meyyerning hisob-kitobicha, yaqin vaqt ichida AQShda ishsizlik darajasi ikki baravarga ortadi, ishsizlar soni esa ikkinchi chorak davomida oyiga bir million kishiga o‘sib boradi.
Shu bilan birga BofA inqiroz o‘ta kuchli bo‘lsa-da, qisqa muddatli bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Koronavirus epidemiyasi hamda neft narxlarining tushib ketishi jahon fond bozorlarining qulashiga sabab bo‘ldi. Keyingi bir yarim hafta ichida AQSh fond birjalari 30 foizga tushib ketdi, Brent neftining bir barreli 52,36 dollardan 25 dollarga tushdi.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
10:10 / 16.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasidagi “ko‘prik” - Asim Munir qay tarzda asosiy vositachiga aylandi?
08:37 / 16.05.2026
Tramp: Xitoy hukumati Jimmi Layni ozod qilish niyatida emas
09:30 / 15.05.2026