O‘zbekiston | 11:42 / 19.03.2020
6567
1 daqiqa o‘qiladi

Maktab o‘quvchilariga masofadan turib o‘qish imkoniyati beriladi - Beeline 

2020 yilning 15 apreligacha barcha yangi foydalanuvchilar uchun Beeline TV ilovasida 60dan ortiq kanallarni bepul ko‘rish imkoniyati beriladi

Foto: Beeline

COVID-19’ning tarqalishi munosabati bilan maktab o‘quvchilariga telekanallar orqali masofadan turib o‘qish imkoniyati beriladi. Bu haqda Beeline Uzbekistan xabar qilmoqda.

“Biz oilalarda televizorlar bilan bog‘liq cheklanishlar bo‘lishi va telekanallar tomoshabinlari har xil auditoriyaga mansub bo‘lishlari mumkinligini tushunamiz.

Biz abonentlarimiz uchun, ayniqsa ota-onalar va bolalar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishni istaymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Shu munosabat bilan 2020 yilning 15 apreligacha barcha yangi foydalanuvchilar uchun Beeline TV ilovasida 60dan ortiq kanallarni bepul ko‘rish imkoniyati beriladi.

To‘lovli TV obunalariga ulangan Beeline TV’ning amaldagi foydalanuvchilari ilova ichidagi pulli obunani o‘chirib, xizmatdan bepul foydalanishlari mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid