Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yo‘l qoidasi buzilishi natijasida o‘lim qayd etildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Illyustrativ foto
2020 yilning 16 mart kuni soat 21:15larda Angor tumani “Yuqori-Xo‘jaqiya” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lning 1426-kilometrida, tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi R.F. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtoulovi bilan yo‘lni o‘ngdan chapga kesib o‘tayotgan piyoda, tumanning “Yangiobod” mahallasida yashovchi B.M. ismli ayolni turtib yuborgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada B.M. sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yilning 17 mart kunidagi xulosasiga ko‘ra “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan.
2020 yilning 17 mart kuni mazkur holat yuzasidan R.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026