Jamiyat | 23:03 / 19.03.2020
8216
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston boshqa davlatlar bilan aviaaloqani to‘liq to‘xtatmoqda

Tojikiston 20 mart soat 00.00dan boshlab xorijiy hamda mahalliy aviakompaniyalar tomonidan bajariluvchi barcha xalqaro reyslarni to‘xtatadi.

Foto: Sergey Bobylev/TASS

Bu haqda Tojikiston fuqarolik aviatsiyasi agentligida ma'lum qilingan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, uch ichki yo‘nalish - Dushanbe-Xo‘jand, Dushanbe-Kulob va Dushanbe-Xorog bo‘yicha mahalliy aviareyslar jadval bo‘yicha bajariladi. Ta'kidlanishicha, bu choralar Tojikiston hududiga koronavirus kirmasligi uchun qabul qilingan. Taqiqlov 2 hafta davom etadi.  

Ayni vaqtda Tojikistonda koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmagan.

Mavzuga oid