O‘zbekiston | 13:05 / 20.03.2020
30803
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Xitoydan mutaxassislar keladi

Prezident xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olib bo‘yicha topshiriq bergan

Foto: Hector Retamal/Agence France-Presse - Getty Images

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga Xitoydan mutaxassislar keladi.

«Prezidentimiz xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olib bo‘yicha topshiriq berganlar. Bu tez kunda sodir bo‘lishi mumkin. 

Biroq shuni aytish kerakki, bugungi kunda ham har bir qadamda Xitoy tajribasi inobatga olinmoqda», — dedi Nurmat Otabekov.

Avvalroq, bugungi kunga qadar 9 mingdan ortiq kishi karantinga olingani, ularning salkam 7 ming nafariga uyiga javob berilgani xabar qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid