Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarga dala hovlilarga borishdan tiyilib turish tavsiya etildi
Karantin vaqtida eng xavfsiz joy yashab turgan uy ekanligi eslatildi
Foto: turbina.ru
IIV Xavfsiz turizmni ta'minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.
IIV respublika hududida koronavirus tarqalishining oldini olish, sanitariya-epidemiologik vaziyatning barqarorligini hamda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida, Toshkent viloyati va respublikaning boshqa hududlarida xususiy tartibda ijaraga berilayotgan dala hovlilarga bormaslikni so‘ragan.
“Dala hovlilarning qisqa muddatlarga ijaraga berilishi, ularga turli hududlardan fuqarolarning tashrif buyurishi, aksariyat dala hovlilarda dezinfeksiya tadbirlari talab darajasida olib borilmasligi va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinmasligi kabi holatlar ushbu joylarda virusli infeksiyalar yuqishi va tarqalishining yuqori xavfini keltirib chiqaradi.
Karantin vaqtida eng xavfsiz joy o‘zingiz yashab turgan uyingiz ekanligini unutmang. O‘zingiz, yaqinlaringiz va boshqa fuqarolarimizning sog‘lig‘ini asrash o‘z qo‘lingizda!” - IIV axborot xizmati ma'lumotida.
Bundan oldin, bemor telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025