Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing ötkazilmoqda. Unda koronavirusga qarşi kuraş masalasi töğrisida söz yuritilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori koronavirus kasalligi qaysi bemorlarda qayd etilganini ma'lum qildi.
«Bugun koronavirus kasalligi qayd etilgan bemorlar şu paytga qadar karantinda saqlanayotgan fuqarolar», - dedi Bahrom Almatov.
Uning aytişiça, bemor bir odam telefonni ikkinçi odamga berganda, virus ham ötişi mumkin.
«Bugungi kunda telefonlar eng köp işlatiladigan anjomlardan biri. U özida turli viruslar, şu jumladan, koronavirusni ham saqlaşi mumkin. Bemor bir odam telefonni ikkinçi odamga berganda, virus ham ötişi mumkin. Koronavirus tölqinlar orqali yuqmaydi. Buni töğri tuşuniş kerak», — dedi Bahrom Almatov.
Avvalroq, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 37 nafarga yetgani xabar berilgandi.









