Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusga qarshi Xitoy ishlab chiqargan vaksina ko‘ngillilarda sinab ko‘rilmoqda
Foto: Ju Peng / AP
Vaksina dastlab hayvonlarda sinab ko‘rildi va yaxshi natijalar qayd etilganidan so‘ng klinik tadqiqotlar boshlandi. Sinovlarda asosan Uxan shahrida yashovchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 108 nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda.
Xitoyda SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda «21 Shitszi Tszinszi Baodao» gazetasi xabar berdi.
Pekin harbiy-tibbiyot akademiyasi epidemiologi Chen Vey boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi adenovirus vektori asosida rekombinant vaksina ishlab chiqdi.
Vaksina dastlab hayvonlarda sinab ko‘rildi va yaxshi natijalar qayd etilganidan so‘ng klinik tadqiqotlar boshlandi. Sinovlarda asosan Uxan shahrida yashovchi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 108 nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda.
Ko‘ngillilar uchta guruhga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruhdagilarga turli dozada vaksina yuboriladi. So‘ngra ular 14 kun karantinda saqlanadi va olti oy davomida muntazam tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
Klinik sinovlar 16 martda boshlandi va 31 dekabrgacha davom etadi. Bu vaqt ichida vaksinaning samaradorligi va nojo‘ya ta'sirlari aniqlanadi.
Mavzuga oid
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026
Olimlar Nipah virusiga qarshi vaksina ishlab chiqishdi
18:06 / 29.01.2026
JSST O‘zbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qildi
18:37 / 21.09.2025