Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda karantindan qochmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan fuqaro bu yerdan qochishga uringan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 20 mart kuni Moskva shahridan “Moskva-Toshkent” poyezdi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan Namangan viloyatida tug‘ilgan M. Abbosov epidemik vaziyatga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan.
U 21 mart kuni karantin markazi devoridan oshib o‘tib, qochishga harakat qilgan vaqtda karantin hududi bo‘ylab xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan qo‘lga olingan.
“Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Parkent tumani IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida karantinda bo‘lib turib, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay qochgan shaxs ushlangan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026