Jahon | 15:08 / 22.03.2020
20927
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada karantin rejimi qat'iylashtirilishi mumkin

Ma'lum qilinishicha, Rossiyada infeksiya tarqalish tezligi Ispaniya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniyadagi kabi ketmoqda.

Foto: RIA Novosti

Rossiya hukumati mamlakatda karantin rejimini qat'iylashtirish va koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlash hamda izolyatsiya qilish bo‘yicha choralarni kuchaytirishi ehtimoli bor. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

"Rossiyada infeksiya tarqalish tezligi Ispaniya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniyadagi kabi ketmoqda. Bu bemorlar soniga nisbatan kuniga 27 foizdan 33 foizgacha o‘sish degani. Koronavirusni jilovlashda muvaffaqiyatga erishgan Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlar qatoriga qo‘shilish uchun karantin bo‘yicha keskin choralar ko‘rish kerak bo‘ladi", - degan agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada "koronavirusga qarshi samarali kurashish uchun keskin, lekin zarur choralarni ko‘rishga vaqt yetarli". 

"Rossiyada qo‘shimcha choralar qabul qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlash maqsadida ommaviy test o‘tkazish, karantinga joylashtirish, chegaralarni yopish, ommaviy tadbirlarni bekor qilish, jamoat joylarini yopish bo‘yicha xalqaro tajriba o‘rganilmoqda", - dedi agentlik suhbatdoshi.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish bo‘yicha ma'lumot bergandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid