O‘zbekiston | 14:08 / 23.03.2020
7056
2 daqiqa o‘qiladi

Taksilar dezinfeksiyasi bepul o‘tkaziladi ― Transport vazirligi

Yo‘nalishsiz taksi avtomashinalarini dezinfeksiya qilishda hech qanday to‘lov talab etilmaydi. Bu haqida Transport vazirligi AOKA qoshidagi maxsus shtabda o‘tgazilgan onlayn brifingda ma'lum qildi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati

«Qonuniy tarzda yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub'yektlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomashinalarni poytaxtdagi 9ta avtobus saroyida Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan hech qanday to‘lovsiz dezinfeksiyadan o‘tkazishlari mumkin», deya vazirlik matbuot kotibi Navro‘z Ashirmatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Transport vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan jamoat transportlarini dezinfeksiya qilish, viloyatlarga qatnovchi yo‘nalishsiz taksilarning yo‘l kira narxlarini sun'iy ravishda oshirib yuborishlarining oldini olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlarga 400ga yaqin inspektorlar jalb qilingan.

«Toshkent shahar Transport boshqarmasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida dezinfeksiyalanmagan, noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan litsenziyasiz haydovchilarga nisbatan poytaxtning 11 hududida maxsus reydlar uyushtirilmoqda.

Noqonuniy faoliyati aniqlangan taksilarga qonun bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda», deya qo‘shimcha qildi Navro‘z Ashirmatov.

Саодат Абдураҳмонова
Tayyorlagan Саодат Абдураҳмонова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid