Viloyatlararo «post»lar vaqtincha ishlab turadi – IIV
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Doniyor Qodirov yo‘l harakati xavfsizligi maskanlari tiklanishini ma'lum qildi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maxsus shtabida tashkil etilgan brifingda karantin davrida aholi xavfsizligini ta'minlashda yuzaga keladigan qator masalalar yuzasidan savollarga javoblar berildi.
«Karantin davrida viloyatlarda ilgari faoliyat yuritgan yo‘l harakati xavfsizligi maskanlari vaqtincha faoliyat olib boradi.
Yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli bartaraf etish maqsadida bu chorani qo‘llaymiz. Shu maqsadda viloyatlararo yo‘l harakati xavfsizligi maskanlari faoliyati vaqtinchalik tiklanadi.
Ularning vazifasi Toshkent shahriga kirib kelayotgan avtomobil haydovchilariga harakat cheklangani haqida (yangiliklardan bexabar bo‘lsa) axborot berishdir. Har bir viloyatdagi yo‘l harakati xavfsizligi maskanlarida ogohlantiruv va ma'lumot berish tizimini yo‘lga qo‘yamiz.
Maskanlarda Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi xodimlari birga hamkorlikda xizmat olib borishadi», deya vazir o‘rinbosari Doniyor Qodirovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Transport vazirligi 23 mart kuni Toshkent shahriga kirish va chiqish ëpilishini e'lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, viloyatlar chegaralaridagi nazorat postlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 2017 yilgi murojaatnomasidan so‘ng olib tashlangan edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Til masalasi yana kun tartibida – jamoatchilik faollari nima deydi?
O‘zbekiston | 19:29
-
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
O‘zbekiston | 19:01
-
Foto: Samarqanddagi xalqaro tadbirlar qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 18:50
-
Yaponiyada tog‘larga chiqa oladigan robot-ot taqdim etildi
Fan-texnika | 18:24
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

16:30 / 25.08.2023
Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022