Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimoli yo‘q emas – Nurmat Otabekov
Koronavirus bilan bir marta kasallanib, tuzalgan shaxs bu xastalikka qayta chalinishi ham mumkin.
Koronavirus infeksiyasining 40dan ortiq variantlari, shtammlari aniqlangan. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovning ma'lum qilishicha, infeksiyaning bir ko‘rinishi bilan kasallanganda hosil bo‘lgan immunitet ikkinchi koronavirus bilan chaqirilgan kasallikka qarshi ishlay olmaydi.
«Koronavirus infeksiyasi shunday kasallikki, undan keyin turg‘un orttirilgan immunitet hosil bo‘ladi. Infeksiyaning 40dan ortiq varianti bor. Bittasidan keyin hosil bo‘lgan immunitet virusning boshqasiga qarshi kurasha olmaydi.
Shu nuqtayi nazardan bu kasallikka chalinganlarda turg‘un immunitet bo‘lishi mumkin. Bir paytning o‘zida bir necha turdagi koronavirus infeksiyalari tarqalgan bo‘lishi mumkinligidan kelib chiqib, qaytadan kasallanish holatlari bo‘lishi ehtimolini inobatga olish kerak», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
10:56 / 28.09.2025
Shifoxonalarda 182 nafar bola qolmoqda - Nurmat Otabekov Toshkent viloyatidagi holat haqida
11:29 / 27.09.2025
«694 nafar bola shifoxonada qolmoqda, ularning 421 nafariga bugun javob beriladi» – Nurmat Otabekov
15:00 / 10.06.2025
O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV
11:25 / 30.05.2025