O‘zbekiston | 10:27 / 24.03.2020
17939
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda sanatoriylar negizida karantin bazalari tashkil etiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:

bir hafta muddatda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga qarashli sanatoriy va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlarida hamda davlat tasarrufidagi dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari, mehmonxonalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etilishi choralarini ko‘radi;

karantinda saqlanayotgan shaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining maksimal oldini olish imkonini beruvchi maxsus karantin obektlari qurilishini qisqa muddatlarda ta'minlaydi.

Bundan oldin, tashkilotlar harorati ko‘tarilgan xodim haqida xabar berishi shart qilib qo‘yilgani xabar berilgandi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarga yetdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid