Ayni paytgaça Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Uşbu infeksiya Rossiyada bölib qaytgan ikki fuqaro va yana biri esa Turkiyada bölib qaytgan bemorning turmuş örtoğida aniqlangan.
Özbekistonda virusdan zararlanişning ilk holati 15 mart kuni qayd etilgan, 11 mart tongida Parijdan uçib kelgan ayolga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgandi.
Keyinroq London, Istanbul va Dubaydan kelgan aviareyslar yölovçilarida hamda ular bilan aloqada bölganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Şveytsariyada bölib qaytgan bemor ham qöşildi, endi Rossiyadan qaytgan ikki fuqaroda ham aniqlandi.













