Parkentda talonchilik sodir bo‘ldi, 3 nafar shaxs ushlandi
Jinoyat ishi yuzasidan uch nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi
2020 yilning 16 mart kuni soat 10:30da 29 yoshli Q.N., 24 yoshli X.E. va 22 yoshli A.T. o‘zaro jinoiy til biriktirib, Toshkent viloyati Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i hududidan o‘tuvchi “Zarkent-Parkent” avtomobil yo‘lining chekka qismida 38 yoshli U.Sh.ga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxslar fuqaroga tegishli bo‘lgan bahosi 2 000 000 so‘mlik LG rusumli uyali aloqa vositasini, 2 000 AQSh dollari hamda 500 000 so‘m naqd pullarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida X.E.dan ashyoviy dalil tariqasida LG rusumli uyali aloqa vositasi olingan.
Jinoyat ishi yuzasidan A.T., Q.N. va X.E. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 15.11.2024
Kursk oblasti sobiq rahbari RF harbiylari talonchilik qilganini tan oldi
22:14 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida IIVning o‘q otish poligoni quriladi
11:44 / 08.09.2024
«Talonchilik bilan aynan harbiylar shug‘ullanayotganidan xabaringiz yo‘qmi?» Kurskliklar nega o‘z uylarini tark etishdan qo‘rqmoqda
09:48 / 21.08.2024