Iqtisodiyot | 08:16 / 25.03.2020
9649
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Buyuk Britaniya va Pokistonga oltingugurt eksport qiladi  

“O‘zbekneftgaz” qazib olinayotgan gazni qayta ishlash natijasida olingan oltingugurt mahsulotini xorijga eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi

Foto: Ilya Serov

Bugungi kunda oltingugurt mahsulotini eksport qilish bo‘yicha dastlabki shartnoma Buyuk Britaniyadan ro‘yxatdan o‘tgan Commoditrade Limited kompaniyasi bilan imzolandi.

Shartnomaga ko‘ra, 100 ming tonna oltingugurt mahsuloti eksport qilinadi, deya xabar bermoqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Bundan tashqari, Pokiston davlatining International Business System kompaniyasi bilan ham eksport bo‘yicha shartnoma imzolanishiga erishildi hamda 50 ming tonna oltingugurt mahsuloti eksport qilinishiga kelishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid