Ehtiyojmandlar uchun «Saxovat» chellenji o‘tkazilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda tadbirkorlar hamkorligida “Narxlarni oshirmaymiz” va “Saxovat” chellenji tashkil etilmoqda. Ushbu chellenj bozorda narxlarni mo‘'tadil saqlash, ehtiyojmandlarga beg‘araz yordam ko‘rsatishni maqsad qiladi.
Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament boshlig‘i Dilshod Rahimov 28 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lumot berdi.
“Karantin davrida saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan aholiga beg‘araz yordam ko‘rsatish tashkil etildi. Xususan, 19 tonna kartoshka, 14 tonna piyoz, 11 tonna sabzi, 1 tonna karam, 4,5 tonna guruch, 19 tonna un, 1,5 tonna shakar, 1,5 tonna tuz, 5 tonna paxta yog‘i, 15 ming donadan ortiq qolipli non, qariyb 600 ming dona tibbiyot niqobi, salkam 8000 dona tibbiyot qo‘lqopi, 3,5 ming donadan ko‘p antiseptik vositalar, 37,5 ming dona sovun va qariyb 14 tonna isiriq shular jumlasidandir”, deya Dilshod Rahimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Departament boshlig‘i karantin holati tufayli faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan muassasalar xususida raqamlarni taqdim etdi.
“Respublika hududidagi 376ta restoran, 498ta bar, 1,612ta kafe, 9,922ta oshxona, 1,450ta to‘yxona, 253ta buyum bozori va savdo kompleksi bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilib, barchasining faoliyati epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatib turilishi ta'minlangan. Mazkur obektlarning vaqtinchalik to‘xtatilishi bozorlarda mahsulotlarga bo‘lgan talabning pasayishiga olib kelmoqda”, deya ta'kidladi Dilshod Rahimov.
Mavzuga oid
15:45 / 19.10.2023
Dilshod Rahimov yangi lavozimga tayinlandi
15:14 / 17.10.2023
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022