Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda aktyor Akshay Kumar koronavirusga qarshi kurash fondiga 3,3 mln dollar xayriya qildi
Hindistonlik aktyor Akshay Kumar koronavirus uchun xayriya fondi tadbirlariga qo‘shildi. U o‘z jamg‘armasidan 250 million rupe (3 million 338 ming AQSh dollari atrofida) xayriya qilgan.
Aktyor tvitterdagi sahifasida o‘z fondidan Hindiston bosh vaziri Narendra Modining xayriya fondiga hissa qo‘shmoqchi ekanini yozdi.
«Hozir hamma narsa insonlar hayoti uchun xizmat qilishi kerakligining ayni vaqti», deya post qoldirgan u.
Aktyorning rafiqasi, kolumnist Tvinkl Kxanna turmush o‘rtog‘ining harakatini olqishlashi va u bilan faxrlanishi haqida yozgan.
Akshay Kumar pul o‘tkazggan PM-CARES FUND («Bosh vazir g‘amxo‘rlik fondi») xayriya tashkiloti 28 mart kuni tashkil etilgan.
Bosh vazir Narendra Modi barcha odamlarni ushbu fondga o‘z hissalarini qo‘shish orqali Hindiston koronavirusga qarshi olib borayotgan urushga yordam berishga chaqirgan edi.
Ayni mana shu chaqiriqni hurmat qilgan holda favqulodda vaziyatda tashkil etilgan fond Hindistonda uzoq vaqt faoliyat yuritishi va sog‘lom turmush tarziga hissa qo‘shishiga umid qilinmoqda.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026