Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusga chalingan Monako knyazi tuzala boshladi
19 mart kuni Alber II koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlangandi. Knyaz o‘z saroyida karantinda bo‘lib turibdi.
Koronavirusga chalingan Monako knyazi Alber II o‘zini yaxshi his qila boshladi.
"O‘zimni borgan sari yaxshiroq his qila boshlayapman va zulmat oxirida yorug‘lik ko‘rmoqdaman", - dedi Monako knyazi TF1 telekanali orqali chiqishida. U "hali ham sal-pal yo‘talayotganini" qo‘shimcha qildi.
Alber II koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqanini yashirishni o‘ylamaganini aytdi. U COVID-19 yuqtirganligini e'lon qilgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.
19 mart kuni Alber II koronavirus yuqtirib olgani tasdiqlangandi. Knyaz o‘z saroyida karantinda bo‘lib turibdi.
U avvalroq turmush o‘rtog‘i va farzandlari shahar tashqarisidagi qo‘rg‘onda yashayotgani, o‘zi esa saroyda ishlashni davom ettirayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
23:28 / 23.04.2026
Dunyoda 1 million dollarga qanday ko‘chmas mulk sotib olish mumkin: Monakoda atigi 16 m2
09:33 / 09.10.2025
O‘zbekistonning Monakodagi birinchi elchisi tayinlandi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025