Jahon | 19:18 / 02.04.2020
34006
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada koronavirusli chaqaloq tug‘ildi

31 mart kuni Moskva shahridagi perinatal markazlardan birida koronavirusli chaqaloq tug‘ildi. 

Foto: Izvestiya / Andrey Ershtrem

Bungacha uning onasi koronavirus infeksiyasi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.

Yangi tug‘ilgan qizcha koronavirus testidan o‘tkazildi va u ijobiy natija berdi. Endi bu tashxis takroriy test orqali tasdiqlanishi kerak. 

Hozircha, bola boshqa shifoxonaga yotqizilgan va ajratib qo‘yilgan. Uning ahvoli qoniqarli, onasi esa tibbiy xodimlarning doimiy ko‘rigida bo‘lib turibdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid