Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda isiriqli sovun ishlab chiqariladi
Turkmanistonning «Tach xil» maishiy ximiya kompaniyasi tarkibida isiriq urug‘i bo‘lgan suyuq sovunni ishlab chiqarishni boshlaydi.
Turkmenportal nashrining ta'kidlashicha, sovun tibbiy antiseptik xususiyatga ega bo‘ladi, chunki «isiriq urug‘ida peganidin alkaloidi bor, u esa bakteritsid va stafilokokka qarshi xususiyatga ega».
13 mart kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z kitoblariga asoslangan holda, isiriqning bakteritsid xususiyatlari haqida gapirgan edi. Shundan keyin mamlakatda koronavirus profilaktikasi uchun isiriqdan foydalanila boshlandi.
«Isiriq tutuni – har xil, ko‘zga ko‘rinmas viruslarning inson vujudiga kirishiga qarshilik qiluvchi faol vosita», – dedi davlat rahbari va ommaviy tadbirlarda undan foydalanish haqida topshiriq berdi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026