Jahon | 21:20 / 05.04.2020
8045
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda masjidlarga va siyosiy mitinglarga borish taqiqlandi - OAV 

Afg‘oniston ulamolar oliy kengashi 5 aprelda koronavirus tarqalishiga qarshi chora sifatida masjidlarga va gavjum tadbirlarga borishni taqiqlovchi fatvo chiqardi. 

Foto: Adobe Stock

Bu haqda TOLOnews telekanali xabar berdi.  

Ulamolar kengashi “koronavirus mamlakatda butkul yo‘q qilinmaguncha barcha diniy, siyosiy, jamoat va madaniy yig‘ilishlar hamda namoyishlar o‘tkazilishiga taqiqlov qo‘ygan”. Ta'kidlanishicha, ulamolar musulmonlarni uyda qolishga hamda koronavirusdan vafot etgan marhumning dafn marosimini maxsus ehtiyot choralariga amal qilgan holda va iloji boricha kamroq yaqinlar bilan o‘tkazishga chaqirgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 337 nafarni, vafot etganlar 7 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid