Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyat hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Qashqadaryo viloyati hokimiga yoshlar masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi, shuningdek, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi nomlanishi o‘zgardi.
Rustam Doniyorovich Yo‘ldoshev — viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda avvalroq hokim o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan Dolli Allayev o‘rnida ish boshlaydi.
Rustam Yo‘ldoshev bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi mukammallashtirildi.
Xabar qilinishicha, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etilgan. Ushbu lavozimga amalda faoliyat yuritib kelgan O‘tkir Umirovich Bo‘tayev tayinlangan.
Shuningdek, viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining o‘quv metodik ta'minot bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida ishlab kelgan Oybek O‘ktam o‘g‘li Jo‘raqulov — viloyat hokimligi rahbar kotibi lavozimiga tayinlangan.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026